About me
Men, Salomov Furqat, 2001-yil 27-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Langar mahallasi, G‘arovli qishlog‘ida tug‘ilganman. Maktab davrimdan boshlab ilm-fanga, ayniqsa matematika faniga katta qiziqish bilan yondashganman. Shu qiziqishim sababli 2018-yildan boshlab tayyorlov kurslarida qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni mustahkamlash ustida tinimsiz ishlaganman. 2020-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirishga muyassar bo‘ldim. O‘sha yili o‘zim ta’lim olgan tayyorlov kurslarida ustozimga shogird bo‘lib, dars berishni boshlaganman. Bu faoliyatim davomida nafaqat bilimlarimni boshqalarga yetkazdim, balki pedagogik mahoratimni ham rivojlantirdim. 2021-yilda mustaqil ravishda o‘quv markazi tashkil etib, o‘z faoliyatimni kengaytirdim. Shu vaqtdan boshlab Oliy ta’limga tayyorlov kurslarini tashkil etib, ko‘plab yoshlarga sifatli ta’lim berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. O‘qituvchilik – bu men uchun nafaqat kasb, balki hayot tarzidir. Yosh avlodga ta’lim berish, ularga ilhom bag‘ishlash orqali o‘zim ham tinimsiz o‘rganishga, o‘z ustimda ishlashga intilaman. Bugungi kunga kelib, men pedagog sifatida ham, matematika fani bo‘yicha mutaxassis sifatida ham tajriba orttirib kelmoqdaman. Kelajakda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shish va yoshlarni yuksak maqsadlar sari yetaklash mening eng ustuvor maqsadlarimdan biridir.
Testlar
Matematika testlarini yuklab oling va mashq qiling:
Fan kitoblari
O‘quv dasturiga mos darsliklar: